Stokgolmda o‘zbek milliy taomlari eng yaxshilar qatoridan joy oldi
Iyun 16, 2026. 19:30 • 1 daq
• 5STOKGOLM, 16-iyun. /“Dunyo” AA/. Shvetsiya poytaxtida Diplomatlar assotsiatsiyasi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan milliy taomlar va ichimliklar festivali bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Shvetsiyada akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar o‘z milliy pazandalik hamda madaniy an’analarini namoyish etgan ushbu tadbirda mamlakatimiz elchixonasi ham milliy stend bilan faol ishtirok etdi.
Diplomatik korpus, shved jamoatchiligi hamda turli soha vakillaridan iborat 300 nafardan ziyod mehmon tashrif buyurgan festivalda O‘zbekiston paviloni alohida ajralib turdi.
Ko‘rgazmada mehmonlarga milliy taomlarimizning sara namunalari taqdim etildi. Shuningdek, yurtimizning boy gastronomik merosi va mehmondo‘stlik an’analari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Festival yakunlariga ko‘ra, o‘zbek milliy taomlari hakamlar hay’ati va ishtirokchilar tomonidan yuqori baholanib, mamlakatimiz elchixonasi “Eng yaxshi milliy taom” nominatsiyasi bo‘yicha sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



