Logo

"BMB HOLDING" va Italiyaning "Berlusconi Finanziaria" kompaniyasi O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasini jadallashtirmoqda

Yanvar 31, 2026. 11:19 • 2 daq

20

RIM, 31-yanvar. /“Dunyo” AA/. 29-yanvar kuni Italiya poytaxtida "BMB HOLDING" Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov va uning yaqin hamkori, "Berlusconi Finanziaria" kompaniyasi prezidenti Paolo Berluskoni o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

"Berlusconi Finanziaria" hozirgi vaqtda Italiya va qator Yevropa mamlakatlarida vodorod va ammiak ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik sanoat korxonalarini qurish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, kompaniya 15 yildan ortiq vaqt davomida suv yuzasida quyosh elektr stansiyalarini qurish sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Bundan tashqari, kompaniya umumiy qiymati 1,5 milliard yevro bo‘lgan yangi yirik aeroport qurilishi bo‘yicha keng ko‘lamli loyihani amalga oshirmoqda, bu esa uning sanoat va infratuzilma sohalaridagi ulkan tajribasidan dalolat beradi.

Muzokaralar davomida tomonlar mamlakatimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlarida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, shuningdek, zamonaviy Yevropa texnologiyalari va ilg‘or tajribasini joriy etish bo‘yicha har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.

Xususan, italiyalik hamkor bilan erishilgan kelishuvlar asosida O‘zbekistonda maishiy va xavfli chiqindilarni qayta ishlash orqali elektr energiya ishlab chiqarishga qaratilgan investitsiya loyihasini jadallashtirishga kelishib olindi.

Konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tgan muzokaralar yakunida Bekzod Mamatqulov "Berlusconi Finanziaria" prezidenti Paolo Berluskonini o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da kengaytirish, tog‘-kon sanoati, foydali qazilmalarni o‘zlashtirish va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish sohalaridagi loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, savdo-iqtisodiy sheriklikni chuqurlashtirish maqsadida yaqin vaqt ichida O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish