Britaniya musulmon ishbilarmon doiralari Toshkentdagi xalqaro biznes-forumda ishtirok etadi
Noyabr 24, 2026. 13:20 • 2 daq
• 2
LONDON, 24-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasida Buyuk Britaniya “Musulmonlar savdo forumi” (Muslim Trade Forum) raisi Iqbol Sakrani bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muzokaralar davomida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida ko‘chmas mulk, savdo, oziq-ovqat mahsulotlari, halol turizm va ta’lim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Britaniyalik tadbirkorlar O‘zbekiston bozoriga kirish, ishonchli mahalliy hamkorlar topish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishga katta qiziqish bildirdilar.
Erishilgan kelishuvga muvofiq, joriy yilning 30-noyabr – 5-dekabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Yangi O‘zbekiston — global imkoniyatlar chorrahasi” xalqaro biznes-forumida Britaniya musulmon ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiya ishtirok etadi.
Mazkur tashrif O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, yangi investitsiya loyihalarini jalb etish hamda ikki mamlakat biznes vakillari o‘rtasida uzoq muddatli sheriklik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi