Logo

Novosibirskdagi vatandoshlarga tezkor yordam ko‘rsatildi

Aprel 25, 2026. 14:25 • 56 soniya

152
Novosibirskdagi vatandoshlarga tezkor yordam ko‘rsatildi

NOVOSIBIRSK, 25-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Migratsiya agentligi vakolatxonasi ko‘magida Novosibirsk shahrida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bir guruh vatandoshlarga yordam ko‘rsatildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Diplomatlar muammoli vaziyatni tezda o‘rganib, O‘zbekiston fuqarolariga, jumladan 7 nafar voyaga yetmagan bolalarga tezkor ko‘mak berdi. Vatandoshlarga har tomonlama yordamlashish, xavfsiz ravishda Vatanga qaytarish maqsadida tegishli idoralar bilan hamkorlikda muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Bosh konsulxona tomonidan ikki nafar kichik yoshli bola uchun bepul ravishda Vatanga qaytish guvohnomalari rasmiylashtirildi. Bu hujjatlar ularning O‘zbekistonga qaytishi uchun muhim huquqiy asos bo‘ldi.

Shu bilan birga, Migratsiya agentligi vakolatxonasi tomonidan yurtdoshlar uchun aviachiptalar xarid qilinib, ularning yo‘lga chiqishi to‘liq tashkil etildi. Yurtdoshlarimiz 23-aprel kuni “Novosibirsk – Farg‘ona” yo‘nalishi bo‘yicha, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi reysi orqali Vatanga sog‘-omon qaytib keldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish