Pokiston paypoq ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar uyushmasi delegatsiyasi O‘zbekistonda muzokaralar o‘tkazmoqda

ISLOMOBOD, 16 may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Pokiston Paypoq ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar uyushmasiga aʼzo kompaniyalar vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur tashrif O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarish, xususan, yengil sanoat sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha amaliy qadamlarni belgilab olish maqsadida uyushtirildi.
Safar davomida Pokiston delegatsiyasi aʼzolari O‘zbekiston Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov bilan uchrashdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida yengil sanoat sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Pokiston vakillari O‘zbekiston hududida Sialkot maxsus to‘qimachilik va charm sanoat zonasini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. Qayd etilishicha, mazkur tashabbus amalga oshirilsa, Pokistonning ilg‘or tajribasi va texnologiyalarini O‘zbekiston bozoriga jalb qilish, mahalliy ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyati kengayadi.
Muzokaralar chog‘ida Pokiston paypoq ishlab chiqaruvchilarini O‘zbekistondagi sanoat loyihalariga keng jalb qilish, biznes-missiyalar va sanoat ko‘rgazmalarini muntazam tashkil etish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.
O‘zbekistonda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmlarini ko‘paytirish bo‘yicha aniq takliflar ham ko‘rib chiqildi. Ayniqsa, paypoq va to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ulushini oshirish, eksport geografiyasini kengaytirish va logistika imkoniyatlarini yaxshilash muhim vazifalar sifatida qayd etildi.
Bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish maqsadida Hamkorlik memorandumi va “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Toshkent viloyati Ispaniya hududlari bilan iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlamoqda



