Logo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Germaniya TIVning Yevropa ishlari bo‘yicha davlat vazirini qabul qildi

Aprel 03, 2026. 16:51 • 2 daq

135
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Germaniya TIVning Yevropa ishlari bo‘yicha davlat vazirini qabul qildi

TOSHKENT, 3-aprel. / “Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Germaniya tashqi ishlar vazirligining Yevropa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Gyunter Krixbaum bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Germaniya Tashqi ishlar vazirligining Yevropa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Gyunter Krixbaum janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston va Germaniya tashqi ishlar vazirliklari Oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish uchun yaqindan hamkorlik qilmoqda.

Muloqot davomida yaqinda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Germaniya” formatidagi vazirlar uchrashuvi natijalarini yuqori baholab, savdo, investitsiya va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdik. Mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashdik.

Hamkorligimiz o‘zaro ishonch, umumiy manfaatlar va amaliy natijalarga intilish asosida rivojlanib bormoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish