O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalari delegatsiyasi Istanbuldagi xalqaro innovatsiya festivalida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

May 14, 2026. 08:10 • 2 daq

ISTANBUL, 14-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalari vakillari Istanbul va Karabuk universitetlari tomonidan tashkil etilgan “SOSYALFEST-2026” xalqaro innovatsion festivalida qatnashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda, shuningdek, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning yetakchi universitetlari, olimlari hamda innovatsion loyihalar mualliflari ishtirok etdi.

Festivalda O‘zbekiston sharafini Andijon davlat tibbiyot instituti, “Alfraganus”, “Renessans”, “Oriental”, “Oxus”, “UBS” universitetlari hamda Andijon davlat chet tillar instituti himoya qildi.

Forum davomida ilm-fan, taʼlim va zamonaviy texnologiyalar sohasidagi innovatsion ishlanmalar, ilmiy loyihalar va xalqaro hamkorlik borasidagi yutuqlar namoyish etildi.

Festival doirasida xalqaro ekspertlar ishtirokida ilmiy-amaliy tanlovlar, innovatsion loyihalar taqdimotlari, seminar va anjumanlar o‘tkazildi. Ishtirokchilar sunʼiy intellekt, raqamli texnologiyalar, taʼlim sifati va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi. mamlakatimiz vakillarining maʼruza va taqdimotlari xorijlik mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Festival yakunlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik ishtirokchilar bir qator nominatsiyalarda g‘olib bo‘ldi. “Oxus” universiteti talabasi bir yo‘la ikkita yo‘nalishda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Bosh konsulxona diplomatlari ham hakamlar hayʼati tarkibida loyihalarni baholashda ishtirok etdi. Forum doirasida Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan “Turkiy dunyoning iqtisodiy rivojlanishi”, “Taʼlim sohasidagi hamkorlik”, “Ijtimoiy-madaniy hamkorlik” hamda “Siyosat va boshqaruv” yo‘nalishlari bo‘yicha sotsiologik modellar taqdim qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish