Logo

Vatandoshlar Eron–Turkmaniston tranzit yo‘li orqali O‘zbekistonga qaytarildi

May 06, 2026. 08:15 • 2 daq

331
Vatandoshlar Eron–Turkmaniston tranzit yo‘li orqali O‘zbekistonga qaytarildi
Vatandoshlar Eron–Turkmaniston tranzit yo‘li orqali O‘zbekistonga qaytarildi

ASHXOBOD, 6-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bir guruh vatandoshlarimizning Erondan Turkmaniston orqali tranzit yo‘li bilan qaytishini taʼminladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekistonning Ashxobod va Tehrondagi diplomatik vakolatxonalari Turkmanistonning tegishli idoralari bilan hamkorlikda viza va transport-logistika masalalarini tezkorlik bilan hal qildi.

Turkmaniston tomonining ko‘magi bilan 41 nafar O‘zbekiston fuqarosi “Saraxs–Seraxs” va “Gaudan–Bajgiran” chegara o‘tkazish punktlarida kutib olinib, diplomatik xodimlar tomonidan ularning vatanga xavfsiz yetib kelishi taʼminlandi.

Ushbu chora-tadbirlar O‘zbekiston tashqi siyosatida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish ustuvor ahamiyatga ega ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Shu bilan birga, tomonlarning muvofiqlashtirilgan saʼy-harakatlari mintaqadagi o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarining yuksak darajasini namoyon etdi.

Diplomatik vakolatxona hech bir fuqaro tegishli yordamsiz qolmasligini taʼkidladi. Vatandoshlarimizni o‘z oilalari bag‘riga qaytarish borasidagi ishlar davlat siyosatining asosiy tamoyili — inson manfaatlarining ustuvorligiga muvofiq ravishda izchil davom ettirilmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish