Logo

Sirdaryo viloyati delegatsiyasi Xitoy tajribasini o‘rganmoqda

Dekabr 13, 2025. 16:14 • 55 soniya

149
Sirdaryo viloyati delegatsiyasi Xitoy tajribasini o‘rganmoqda
Sirdaryo viloyati delegatsiyasi Xitoy tajribasini o‘rganmoqda
Sirdaryo viloyati delegatsiyasi Xitoy tajribasini o‘rganmoqda
Sirdaryo viloyati delegatsiyasi Xitoy tajribasini o‘rganmoqda
Sirdaryo viloyati delegatsiyasi Xitoy tajribasini o‘rganmoqda

SIAN, 14-dekabr. /“Dunyo” AA/. Shu kunlarda Sirdaryo viloyati hokimligi, shahar va tumanlari boshqaruv tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan bir guruh faol ayollardan iborat delegatsiya Xitoyda tashrif bilan bo‘lib turibdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Delegatsiya tarkibida, shuningdek, viloyat tadbirkor ayollari ham bor.

 Delegatsiya aʼzolari O‘zbekiston elchixonasi va Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan Xitoyning Shensi provinsiyasida ayollar tadbirkorligini rivojlantirish sohasidagi tajribasini o‘rganish bo‘yicha tashkil etilgan kursda ishtirok etmoqda.

Tashrif dasturga bo‘yicha Sirdaryo viloyati delegatsiyasi Shensi provinsiyasi rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazishi, kichik va o‘rta turdagi tadbirkor ayollarning ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurishi, ayol tadbirkorlar uyushmasi vakillari bilan tajriba almashishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, delegatsiya aʼzolari Shensi provinsiyasining maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi ilg‘or tajribasini ham o‘rganish maqsadida davlat va xususiy taʼlim muassasalariga tashrif buyuradi. Bu yerda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda bolalarni o‘qitish va ularga tarbiya berish borasidagi tajribasi bilan tanishadi.

Xozirda Shensi provinsiyasi Xitoyning sanoati yuqori rivojlangan hududlaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish, savdo, turizm, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda katta tajribaga ega. Shuningdek, provinsiya kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha ham yetakchi hududlardan sanaladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish