Logo

Lyuksemburgda O‘zbekistonning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati taqdim etildi

Dekabr 06, 2025. 15:27 • 2 daq

490
Lyuksemburgda O‘zbekistonning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati taqdim etildi

LYUKSEMBURG, 8-dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Belgiyadagi elchixonasi va Lyuksemburg Savdo palatasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Lyuksemburgning biznes doiralaridan 50 nafarga yaqin vakil ishtirok etdi.

Diplomatlar anjuman ishtirokchilariga yurtimizda yaratilgan investitsiyaviy muhit va uni liberallashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berdi. Moliyaviy xizmatlar, raqamli hukumat, logistika sohalari, infratuzilma va davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

Uchrashuvda Lyuksemburgdagi maishiy kimyo sanoatida faoliyat yuritayotgan “JNSLAB”, to‘qimachilik bo‘yicha “G-Core Labs” hamda “Sonneg” kompaniyalari rahbarlari O‘zbekistonda keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar va liberallashuv jarayonlari boshlanganidan so‘ng mamlakatdagi muvaffaqiyatli faoliyati haqida gapirib berdi.

Tadbir yakunida Lyuksemburg delegatsiyasining 2026-yilda O‘zbekistonga savdo missiyasini amalga oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilayotgani taʼkidlandi.  

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Rakhataliyeva

rakhataliyeva@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish