O‘zbekiston diplomatlari Efiopiya va JAR vakillari bilan viza tartibini soddalashtirish masalalarini muhokama qildi

Iyul 24, 2026. 11:00 • 51 soniya

162
O‘zbekiston diplomatlari Efiopiya va JAR vakillari bilan viza tartibini soddalashtirish masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston diplomatlari Efiopiya va JAR vakillari bilan viza tartibini soddalashtirish masalalarini muhokama qildi

DOHA, 24-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Ashraf Xo‘jayev Efiopiya tashqi ishlar davlat vaziri Xadera Abera va Janubiy Afrika Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro munosabatlar va hamkorlik departamenti vakili Sandive Fadana bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar O‘zbekiston fuqarolari uchun viza rasmiyatchiligini soddalashtirish, viza olish jarayonini yengillashtirish hamda vizasiz tartib joriy etish istiqbollarini muhokama qildi. Fuqarolarning o‘zaro sayohatlari uchun yana-da qulay sharoitlar yaratish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuvlar yakunida viza tartibini yana-da soddalashtirish orqali turizm, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish