Logo

Turkiyaning Izmir shahridagi JIEMda saqlanayotgan vatandoshlar holidan xabar olindi

Yanvar 11, 2026. 11:55 • 43 soniya

139
Turkiyaning Izmir shahridagi JIEMda saqlanayotgan vatandoshlar holidan xabar olindi
Turkiyaning Izmir shahridagi JIEMda saqlanayotgan vatandoshlar holidan xabar olindi

ISTANBUL, 11-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi diplomatlari Turkiyada bo‘lgan davrida jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan yoki tergovda bo‘lgan vatandoshlarga konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida Izmirdagi ayollar va erkaklar axloq tuzatish muassasalariga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Diplomatlar ushbu muassasalarda O‘zbekiston fuqarolarini saqlash sharoitlari, tibbiy xizmat ko‘rsatish, oziq-ovqat taʼminoti, telefondan foydalanish, advokatlar va yaqin qarindoshlari bilan uchrashish, murojaatlarni qabul qilish huquqini berish holatlarini o‘rgandi.

Jazoni ijro etish muassasalari (JIEM) rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda kelgusida diplomatlarning vatandoshlar bilan muntazam uchrashuvlarini o‘tkazish, O‘zbekiston fuqarolariga konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olindi.

O‘zbekistonliklar bilan yakkama-yakka suhbatlar chog‘ida ularning muammolari ko‘rib chiqildi va Turkiya qonunchiligiga muvofiq ularning huquq va erkinliklari, majburiyatlari haqida maʼlumot berildi. Mahkumlarni O‘zbekistonga jazoni o‘tash uchun yuborish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish