O‘zbekiston diplomatlari Oqtovdagi vatandoshlar uchun sayyor qabul tashkil etildi
May 25, 2026. 10:25 • 57 soniya
• 10OQTOV, 25-may. /“Dunyo” AA/. Qozog‘istonning Oqtov shahridagi vatandoshlar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazilib, hamyurtlarga zarur konsullik-huquqiy masalalar yuzasidan maslahatlar berildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Sayyor qabul doirasida Oqtov shahridagi Bosh konsulxonaga kelish imkoniyati bo‘lmagan fuqarolarga zarur maʼlumotnomalar taqdim etildi va konsullik xizmatlari ko‘rsatildi.
Oqtov shahrida mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan suhbatlar o‘tkazildi. Muloqot chog‘ida Qozog‘iston qonunchiligiga rioya etish, mamlakatda qonuniy va tartibli bo‘lish zarurligi, O‘zbekiston obro‘siga putur yetkazmaslik, shuningdek, radikal oqimlar va noqonuniy guruhlarga qo‘shilib qolishga yo‘l qo‘ymaslik masalalari atroflicha tushuntirildi.
Yurtdoshlarga diplomatlar bilan doimiy aloqada bo‘lish va murojaat qilishlari uchun mavjud aloqa kanallari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar haqida maʼlumot berildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi







