Namangan gullar festivali rasman Guinness rekordlari kitobidan joy oldi!

May 25, 2026. 10:05 • 2 daq

6
Namangan gullar festivali rasman Guinness rekordlari kitobidan joy oldi!

NAMANGAN, 25-may. /“Dunyo” AA/. Namangan viloyati dunyo miqyosida olamshumul natijani qayd etib, “Jamoa bo‘lib bir oy davomida eng ko‘p gul ekish” nominatsiyasi bo‘yicha Guinness rekordini o‘rnatdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maftunkor raqamlar ortidagi ulkan mehnat: E’tiborli jihati, o‘tgan yili festivalga tayyorgarlik doirasida viloyat bo‘ylab 100 million tup gul ko‘chati ekilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich misli ko‘rilmagan darajaga — 150 million tupga yetkazildi.

Tarixiy e’tirof: Bugun Namangan shahrida go‘zallik va tarovat bayramining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirning eng hayajonli lahzasida Guinness World Records vakili Sheyda Subasi ushbu muvaffaqiyatni tasdiqlovchi maxsus sertifikatni Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqovga topshirdi.

Shu tariqa, Namangan dunyoning sanoqli shaharlari qatorida Guinness rekordlari ro‘yxatidan joy oldi. Mazkur yutuq mamlakatimiz solnomasida unutilmas voqea bo‘lib qoladi. Ushbu yuksak e’tirof nafaqat Namangan viloyati, balki butun O‘zbekiston xalqi uchun cheksiz faxr va iftixor namunasidir.
Default Avatar

Material muallifi

Shahzoda Kuchkarova

shahzoda@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish