O‘zbekiston o‘z fuqarolarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Rossiya hududlari bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda

May 23, 2026. 18:00 • 2 daq

162

TOSHKENT, 23-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Migratsiya agentligi, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita, Musulmonlar idorasi hamda Yoshlar ishlari agentligi vakillaridan iborat delegatsiya xizmat safari bilan Rossiyaning Yekaterinburg, Tyumen va Tobolsk shaharlarida bo‘ldi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxona ko‘magida Sverdlovsk va Tyumen viloyatlari rahbariyati, sohaviy mintaqaviy idoralar, inson huquqlari bo‘yicha vakillar institutlari, yirik ish beruvchilar hamda vatandoshlar bilan muzokaralar tashkil etildi.

Tashrif yakunlari bo‘yicha migratsiya masalalari, axborot almashinuvi va fuqarolar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek Yekaterinburgdagi Bosh konsulxona huzurida “ishonch telefoni”ni ishga tushirishga kelishib olindi. Tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarining yashash sharoitlari va mehnat huquqlari, bolalarning ta’lim muhitiga moslashuvi hamda profilaktik ishlar masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ish beruvchilar va vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ular orqali qariyb 3 ming nafar fuqaro qamrab olindi. Bosh konsulxona ko‘magida taxminan 80 ming AQSH dollari miqdoridagi ish haqi bo‘yicha qarzdorlik undirildi, shuningdek ish beruvchilar tomonidan noqonuniy ushlab turilgan O‘zbekiston fuqarolariga tegishli 10 ta pasport qaytarildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish