Toshkent shahar hokimligi vakillari Finlyandiya va Estoniyaning ilg‘or tajribasini o‘rgandi
May 25, 2026. 09:00 • 2 daq
• 18XELSINKI-TALLIN, 25-may. /“Dunyo” AA/. Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasining Finlyandiya va Estoniya davlatlariga xizmat safari amalga oshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ushbu tashrif yurtimizning Latviyadagi elchixonasi hamda Xalqaro Nordik universiteti ko‘magida tashkil etildi. Xelsinki shahrida o‘tkazilgan uchrashuvda delegatsiya aʼzolari “Meri” bog‘chasi va “Vattuniemi” maktabi misolida Finlyandiyaning inklyuziv taʼlim hamda bolalarni erta rivojlantirish tizimi bilan tanishdi.
Xelsinki shahar hokimligi va “Edulyzer” tashkiloti vakillari bilan kechgan muloqotlarda shahar boshqaruvi va sunʼiy intellekt yordamida o‘quvchilar psixologiyasini tahlil qilish platformalari o‘rganildi.
Delegatsiya aʼzolari Xelsinki universiteti rahbariyati bilan pedagoglar malakasini oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishib, Xalqaro Nordik universiteti va “HY+” o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzoladi.
Tallin shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Estoniyaning taʼlim sohasini raqamlashtirish va elektron hukumat yo‘nalishidagi istiqbolli loyihalar ko‘rib chiqildi. Delegatsiya aʼzolari shahar hukumati, “e-Estonia” brifing markazi va Tallin texnologiya universiteti rahbariyati bilan ko‘rishib, SI va innovatsion ekotizimlarni joriy etish tajribasini tahlil qilib, “EdTech Testbeds” xalqaro anjumanida ishtirok etdi.
Tashrif yakunlari bo‘yicha taʼlim sifatini oshirish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish va ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish sohalarida Finlyandiya va Estoniyaning eng ilg‘or modellarini Toshkent shahrida bosqichma-bosqich tatbiq etish yuzasidan muhim kelishuvlarga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining rekonstruksiya qilingan bekati ish boshladi






