O‘zbekiston va Xitoy hududlari o‘rtasida hamkorlik kengaymoqda

May 28, 2026. 13:00 • 2 daq

117
O‘zbekiston va Xitoy hududlari o‘rtasida hamkorlik kengaymoqda

XUX-XOTO, 28-may. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz diplomatlari tomonidan Xitoyning Ichki Mo‘g‘uliston hududining Xux-Xoto shahrida O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm salohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda mazkur hududning vazirlik va idoralari, Xalqaro savdoni rivojlantirish kengashi, savdo-sanoat palatalari hamda qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, qayta ishlash sanoati va qurilish kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan yetakchi kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbati ishtirokchilariga mamlakatimizda xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan qulay investitsion muhit, hududlarning savdo-iqtisodiy salohiyati, yetakchi tarmoqlari, erkin iqtisodiy va sanoat zonalaridagi mavjud keng imkoniyatlar hamda turizm jozibadorligi xususida batafsil maʼlumot yetkazilib, mazmunli taqdimotlar o‘tkazildi.

Xitoy tomoni O‘zbekiston bilan qo‘shma investitsion loyihalarni hayotga tatbiq etish va mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari bilan yaqin sheriklik munosabatlarini o‘rnatishga katta qiziqish bildirdi.

Muzokaralar yakunida Ichki Mo‘g‘uliston hududining yetakchi kompaniyalari vakillaridan iborat maxsus biznes-missiyaning O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish