Budapeshtda ilk bor Amir Temur va Temuriylar davriga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi

May 28, 2026. 15:05 • 2 daq

42

BUDAPESHT, 28-may. /“Dunyo” AA/. Vengriya poytaxtida Amir Temur va Temuriylar davriga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Amir Temur va Temuriylar davrida ilm-fan va adabiyot taraqqiyoti” mavzusi ostida o‘tkazilgan ushbu tarixiy anjumanda O‘zbekiston va Vengriyaning yetakchi tarixchi olimlari, adabiyotshunoslari hamda yosh tadqiqotchilari ishtirok etdilar.

Xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, senator Azamat Ziyo boshchiligidagi yurtimiz olimlari hamda vengriyalik taniqli temuriyshunos va sharqshunoslar maʼruza qildilar.

Xususan, Etvosh Lorand universiteti huzuridagi Gumanitar tadqiqotlar markazi bosh direktor o‘rinbosari Antal Molnar, akademik Ishtvan Vashari, professor Benedek Peri, tadqiqotchi Erika Yoner, tarixchi olim Miklosh Sharkyozi hamda turkshunos-etnograf David Shomfai Karalning Temuriylar Renessansi, davr davlatchilik tizimi, ilm-fan va adabiyot rivojiga doir tahliliy chiqishlari anjuman qatnashchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Ilmiy bahs-munozaralarga boy o‘tgan anjuman yakunlangach, mehmonlar uchun maxsus qabul marosimi tashkil etilib, unda o‘zbek milliy taomlari havola etildi. Yurtimiz oshxonasining shohona lazzatlari va betakror mehmondo‘stlik anʼanalari vengriyalik akademik doiralar vakillari tomonidan yuqori baholandi.

Budapeshtda o‘tgan mazkur ilk yirik tadbir ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar va ilmiy hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish