O‘zbekiston diplomatlari Polshada vafot etgan vatandoshimizning jasadini vatanga qaytarishga ko‘maklashmoqda
Mart 25, 2026. 10:44 • 2 daq
• 68
VARSHAVA, 25-mart. /“Dunyo” AA/.O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Polshaning Jerardov shahrida joylashgan G‘arbiy Mazoviya sog‘liqni saqlash markazida vafot etgan hamyurtimiz bilan bog‘liq holat yuzasidan ma’lumot berdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ma’lum qilinishicha, 1993-yilda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida tug‘ilgan fuqaro B.S virusli infeksiya asoratida rivojlangan o‘tkir nafas yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan. Bu holat sud-tibbiy ekspertiza xulosasida ham tasdiqlangan. Unga ko‘ra, organizmda kislorod yetishmovchiligi yuzaga kelib, o‘pka faoliyati hamda qon aylanishi tizimida jiddiy buzilishlar kuzatilgan.
Elchixona xodimlari marhumning jasadini Vatanga qaytarish bo‘yicha barcha zarur tashkiliy ishlarini amalga oshirdi. Jumladan, sanitariya-epidemiologiya xizmati va aeroport xizmatlaridan tegishli ruxsatlar olinib, transportirovka uchun barcha hujjatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirildi.
Jasadni tashish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya marhumning ota-onasi hamda ish beruvchisi bilan bog‘landi. Jasadni O‘zbekistonga olib kelish bilan bog‘liq barcha xarajatlar ish beruvchi tomonidan qoplandi.
Hozirgi vaqtda diplomatlar tomonidan marhum jasadini 25-26-mart kunlari Vatanga qaytarish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi