Germaniyada fashizm ustidan qozonilgan G‘alaba yo‘lida halok bo‘lganlar xotirasi yod etildi

May 12, 2026. 17:25 • 2 daq

56

BERLIN, 12-may. /“Dunyo” AA/. 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Berlindagi Treptov parki hamda Tirgarten yodgorlik majmualarida 1941–1945-yillarda fashizmga qarshi kurashda jon fido qilgan askarlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir ishtirokchilari Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar xotirasini asrab-avaylash, urush fojialarini unutmaslik va tinchlik qadrini yosh avlod ongiga chuqur singdirish muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladilar. Nomaʼlum askar yodgorligi poyiga gulchambarlar qo‘yildi, shuningdek, marhumlar ruhiga bag‘ishlab Qurʼon tilovat qilindi.

Maʼlumki, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaga O‘zbekiston xalqi ham frontda, ham front ortida ulkan hissa qo‘shgan. O‘sha davrda 6,8 milliondan ortiq aholiga ega bo‘lgan O‘zbekistondan 2 millionga yaqin inson urushga safarbar etilgan. Ularning 500 mingdan ziyodi jang maydonlarida halok bo‘lgan. Urush yillarida yurtdoshlarimiz yuksak jasorat va matonat namunasini ko‘rsatgan. 301 nafar o‘zbekistonlik “Qahramon” unvoniga, 53 nafari esa “Shon-sharaf” ordeni va boshqa yuksak mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

Front ortida ham O‘zbekiston xalqining mehnati va fidoyiligi alohida o‘rin tutgan. Mamlakat frontning mustahkam taʼminot bazasiga aylangan. Respublikamiz hududiga 430 dan ortiq sanoat korxonasi evakuatsiya qilinib, qayta ishga tushirilgan. Bu korxonalar frontni zarur qurol-yarog‘, texnika va boshqa mahsulotlar bilan taʼminlashda muhim o‘rin tutgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston urush hududlaridan evakuatsiya qilingan millionlab insonlarga boshpana bo‘lgan. Og‘ir urush yillarida Toshkent evakuatsiya markazlaridan biriga aylanib, O‘zbekiston xalqining bag‘rikengligi, mehr-oqibati va insonparvarligini namoyon etgan holda “Non shahri” hamda “Xalqlar do‘stligi shahri” sifatida eʼtirof etildi.

Berlinda o‘tkazilgan xotirlash marosimlari yana bir bor tinchlik, barqarorlik va inson qadrini asrash har qanday davrda ham eng oliy qadriyat ekanini namoyon etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish