Chjin Yon Choy: O‘zbekiston mustaqil taraqqiyotning 35 yili davomida ulkan yutuqlarga erishdi
Avgust 23, 2026. 11:37 • 2 daq
• 84
SEUL, 23-avgust. /“Dunyo” AA/. Janubiy Koreyaning “The Herald Media Group” rahbari Djin Yon Choy mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Dunyo” AA orqali yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yo‘lladi.
– Kompaniyamiz va o‘zim nomimdan O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman. Xalqingizga tinchlik, barqarorlik va farovonlik tilayman.
O‘zbekiston mustaqil taraqqiyotining 35 yili davomida salmoqli tarixiy yo‘lni bosib o‘tdi. Davlatchilikni mustahkamlash, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, inson kapitalini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasida yuksak natijalarga erishdi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda muhim o‘rin egallab, mintaqaviy va xalqaro miqyosda jadal rivojlanayotgan davlat sifatida o‘z mavqeini tobora mustahkamlamoqda.
O‘zbekiston nafaqat Markaziy Osiyoning muhim davlati, balki biz uchun yaqin va ishonchli hamkor hamdir. O‘zaro hurmat, ishonch va kelajakka umumiy intilishga asoslangan ikki tomonlama munosabatlarimiz so‘nggi yillarda strategik ahamiyat kasb etmoqda. Bugun mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sheriklik savdo, investitsiya, sanoat va boshqa sohalarda rivojlanmoqda.
Kompaniya rahbari sifatida jurnalistika nafaqat axborot yetkazish, balki o‘zaro anglashuv muhitini yaratish, ishonchni mustahkamlash va jamiyatlar o‘rtasidagi yaqinlashuvga xizmat qilishda muhim o‘rin tutishiga ishonaman.
O‘z navbatida, yurtingizning Janubiy Koreyadagi elchixonasiga ochiqlik hamda mahalliy OAV bilan faol hamkorlik qilib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi axborot, gumanitar va jamoatchilik aloqalarini mustahkamlash borasidagi samarali saʼy-harakatlari uchun minnatdorlik bildiraman.
Kelgusi yillarda Koreya Respublikasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilishiga ishonchim komil. Bu jarayonda ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar hamjamiyati muhim o‘rin tutib, xalqlarimizning bir-birini yana-da yaxshiroq anglashiga yaqindan ko‘maklashadi.
Fursatdan foydalanib, O‘zbekistonga tinchlik va farovonlik, xalqimizga esa osoyishtalik, baxt-saodat va yangidan-yangi yutuqlar tilayman.
Koreya Respublikasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik yana-da mustahkamlanib, izchil rivojlanaversin.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi