Ma Li: O‘zbekiston – ulkan o‘zgarishlar, ochiq iqtisodiyot va o‘zining betakror madaniyatiga ega bo‘lgan mamlakat
Avgust 23, 2026. 09:10 • 2 daq
• 127
PEKIN, 23-avgust. /“Dunyo” AA/. Xitoylik taniqli rassom, yozuvchi va aktrisa Lili Ma mamlakatimiz mustaqilligining 35-yilligi arafasida “Dunyo” AA orqali yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yo‘lladi.
– O‘zbekiston – ulkan o‘zgarishlar, ochiq iqtisodiyot va o‘zining betakror madaniyatiga ega bo‘lgan mamlakat. Davlatchilikni rivojlantirish, millatlararo totuvlikni asrash va xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasidagi yutuqlaringiz alohida e’tirofga loyiq.
Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalar azaldan ikki xalqni bir-biriga bog‘lab turgan mustahkam ko‘prik vazifasini o‘tab kelmoqda. Qo‘shma arxeologik ekspeditsiyalar, qadimiy yodgorliklarni restavratsiya qilish, Samarqandda o‘tkaziladigan “Sharq taronalari” kabi nufuzli festivallarning barida faol ishtirok etib kelayapmiz.
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ilm-fan, ta’lim va san’at sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun hali ishga solinmagan ulkan imkoniyatlar mavjud. Zero, madaniyatlar o‘rtasidagi muloqot xalqlar o‘rtasida mustahkam tinchlik, do‘stlik va o‘zaro anglashuvni ta’minlashning muhim omilidir.
Mamlakatingizga taraqqiyot va ravnaq, xalqingizga tinchlik-osoyishtalik va farovonlik tilayman. Ushbu mehmondo‘st zamin hamisha quyosh nuri, ezgu umidlar, tinchlik va go‘zallikka to‘la bo‘lsin.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi