Misr OAV: O‘zbekiston tashabbuslari jahon hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otmoqda

Avgust 25, 2026. 19:55 • 2 daq

314
Misr OAV: O‘zbekiston tashabbuslari jahon hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otmoqda
Misr OAV: O‘zbekiston tashabbuslari jahon hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otmoqda

QOHIRA, 25-avgust. /“Dunyo” AA/. Misrning nufuzli ommaviy axborot vositalarida O‘zbekistonning mintaqaviy xavfsizlik, suv diplomatiyasi, sanoat-texnologik va yoshlar siyosati yo‘nalishidagi strategik tashabbuslariga bag‘ishlangan tahliliy maqolalar eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Al-diplomasy” nashrida O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Zokir Ishbulatovning Markaziy Osiyoning ehtimoliy resurs nizolaridan barqaror hamkorlik makoniga o‘tishiga bag‘ishlangan tahliliy maqolasi chop etildi.

Maqolada davlatning ishonchliligi mamlakat ichidagi resurslarni samarali boshqarishdan boshlanishini nazarda tutuvchi “Ikki tomonlama suv xavfsizligi” konsepsiyasi alohida taʼkidlanadi. Muallif uzoq muddatli mintaqaviy barqarorlikni taʼminlashda Shanxay hamkorlik tashkiloti hamda “Suv–Energiya–Oziq-ovqat” (WEF Nexus) konsepsiyasi ahamiyatiga eʼtibor qaratgan.

“Sada Elbalad English” nashrida Barqaror rivojlanish markazi vakili Jahongir Isayevning maqolasi eʼlon qilindi. Materialda O‘zbekiston–Hindiston strategik sherikligining kengayayotganiga alohida eʼtibor qaratilgan.

Qayd etilishicha, ikki tomonlama savdo aylanmasi hajmi 1,5 milliard AQSh dollaridan oshgan va tomonlar yaqin uch yilda bu ko‘rsatkichni ikki barobarga oshirishni maqsad qilgan. Kam uchraydigan va nodir yer resurslari, farmatsevtika, raqamli iqtisodiyot hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohalaridagi hamkorlikka alohida urg‘u berilgan.

“Eldameer” nashrida 2026-yil 4–6-sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Parlamentlararo ittifoqning 12-Butunjahon konferensiyasiga bag‘ishlangan maqola yoritilgan.

Muallifning qayd etishicha, ushbu forum yoshlar huquqlarini himoya qilish, raqamli transformatsiya va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish masalalarini muhokama qilish uchun 183 mamlakatdan 300 nafarga yaqin delegatni hamda xalqaro tashkilotlar vakillarini bir joyga to‘playdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish