Minsk va Farg‘ona viloyatlari iqtisodiyoti bir-birini to‘ldiradi

Noyabr 04, 2026. 13:00 • 2 daq

• 81
Minsk va Farg‘ona viloyatlari iqtisodiyoti bir-birini to‘ldiradi
Minsk va Farg‘ona viloyatlari iqtisodiyoti bir-birini to‘ldiradi

MINSK, 4-noyabr. /“Dunyo” AA/. Belarus ommaviy axborot vositalari Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Belarusga tashrifi hamda Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan biznes-forum yakunlarini keng yoritmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Bu haqda “BelTA” davlat axborot agentligi, “SB. Belarus segodnya” gazetasi va “Birinchi axborot kanali” kabi Belarus telekanallari xabar tarqatdi. Belarus matbuoti ikki mintaqa o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni “yangi amaliy mazmun va yuqori dinamika kasb etgan strategik sheriklik” sifatida baholamoqda.

OAV sharhlarida Farg‘ona va Minsk viloyatlari iqtisodiyotlari bir-biri bilan raqobatlashmasligi, balki o‘zaro bir-birini to‘ldirishi alohida ta’kidlangan. Bu sanoat, qishloq xo‘jaligi hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik sohalarida uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish uchun mustahkam asos yaratadi.

Tashrif doirasida Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning Belarus Bosh vazirining o‘rinbosari Yuriy Shuleyko bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida hududlararo aloqalarni yanada rivojlantirish va ikki mamlakat sanoat kooperatsiyasini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur tashrif va erishilgan kelishuvlar hamkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda hududlararo sheriklikni mustahkamlash yo‘ldagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish