“BMB SHIFO” AQShga asal eksport qilish uchun FDA ruxsatnomasini qo‘lga kiritdi
Avgust 10, 2026. 14:00 • 2 daq
• 190
TOSHKENT, 10-avgust. /“Dunyo” AA/. “BMB SHIFO” kompaniyasi “BMB Za‘faron” brendi ostidagi asal va undan tayyorlangan mahsulotlarni Amerika bozoriga eksport qilish uchun AQSh Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasining (FDA) ruxsatnomasini oldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston mahsulotlarining AQSh bozoriga kirib borishi mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini kengaytirish hamda “Made in Uzbekistan” brendini xalqaro miqyosda ilgari surish yo‘lidagi muhim qadam sifatida qaralmoqda. Talab yuqori bo‘lgan tashqi bozorlarga chiqish uchun mahsulot sifati, uning raqobatbardoshligi va xalqaro talablarga muvofiqligi alohida ahamiyat kasb etadi.
“BMB HOLDING”da eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, ularni xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish va yangi tashqi bozorlarni o‘zlashtirish ishlari davom ettirilmoqda. FDA ruxsatnomasining olinishi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tabiiy asal va uning asosidagi mahsulotlarni dunyoning eng yirik bozorlaridan biriga yetkazib berish uchun imkoniyatlar yaratadi.
Bundan tashqari, ushbu ruxsatnoma “BMB SHIFO” mahsuloti va uning eksporti bilan bog‘liq jarayonlar belgilangan talab hamda tartib-qoidalar asosida amalga oshirilayotganini ifodalaydi. O‘zbekiston mahsulotlariga xalqaro talab ortib borayotgan bir sharoitda eksport hajmining kengayishi tabiiy va sifatli tovarlarni yangi isteʼmolchilarga taqdim etish imkonini beradi.
FDA ruxsatnomasining olinishi “BMB HOLDING”ning eksport yo‘nalishini kengaytirish, “Made in Uzbekistan” brendi ostidagi mahsulotlarni yangi bozorlarga olib chiqish va O‘zbekistonning ishlab chiqarish salohiyatini xalqaro maydonda targ‘ib qilish borasidagi saʼy-harakatlarining navbatdagi natijasi bo‘ldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi