Logo

O‘zbekiston elchisi BAAning yirik kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi

May 09, 2026. 11:30 • 1 daq

17
O‘zbekiston elchisi BAAning yirik kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi

ABU-DABI, 9-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Umid Shodiyev BAAning yirik “Alfa Star Global” kompaniyasi bosh direktori Azhari Abdulla bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekistonning neft-gaz tarmog‘i, uy-joy qurilishi va qishloq xo‘jaligidagi loyihalarga investitsiyalar jalb etish istiqbollarini atroflicha muhokama qildi. Amirliklarning mazkur kompaniyasi bilan qo‘shma investitsiya tashabbuslarini amalga oshirishda hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Xorij tomoniga mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar va mamlakat investitsiya jozibadorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot taqdim etildi.

“Alfa Star Global” kompaniyasi 2012-yilda BAAda tashkil etilgan bo‘lib, “Alfa Star Global Trading” bo‘linmasi orqali neft, suyultirilgan gaz, benzin va dizel yoqilg‘isi kabi xomashyo tovarlari, zargarlik buyumlari hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanadi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish