Logo

Pokistonning yetakchi kompaniyasi vakillari Navoiyga keldi

May 09, 2026. 11:03 • 3 daq

6
Pokistonning yetakchi kompaniyasi vakillari Navoiyga keldi

NAVOIY, 9-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Pokistonning yirik agrosanoat kompaniyalaridan biri – “Samsons Farms” delegatsiyasining Navoiy viloyatiga safari tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur tashrif Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi delegatsiyaning Pokistonga amalga oshirgan xizmat safari davomida erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish maqsadida uyushtirildi.

Pokiston vakillari ikki davlat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Navoiy viloyati va tumanlar mutasaddilari bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Jumladan, safar doirasida Pokiston biznes vakillari Konimex tumani hokimi Ruslan Ro‘ziyev bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Muloqot avvalida Pokiston tomoni Navoiy viloyati, xususan Karmana tumanida amalga oshirilayotgan yangilanishlar va investitsiya loyihalari bilan tanishtirildi.

Shundan so‘ng, tumanda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, chorvachilikni rivojlantirish va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish istiqbollari muhokama qilindi. Cho‘l hududlaridan samarali foydalanish, suvni tejovchi innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish hamda eksportbop mahsulotlar yetishtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar investitsiya loyihalarini amaliy bosqichga olib chiqish, mahalliy qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga ilg‘or tajriba va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha aniq rejalarni belgilab oldi. Shuningdek, hamkorlik doirasida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish va kelgusidagi amaliy qadamlarni muvofiqlashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

“Samsons Farms” kompaniyasining O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, ayniqsa agrar sohada innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish hamda mamlakatimiz hududlari salohiyatidan samarali foydalanishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Pokistonning “Samsons Farms” kompaniyasi qishloq xo‘jaligini sanoat darajasida rivojlantirishga ixtisoslashgan. Kompaniya cho‘l hududlarini o‘zlashtirish, urug‘chilik, kasalliklardan xoli yuqori sifatli urug‘lar yetishtirish, chorvachilikni rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va suvni tejovchi texnologiyalardan foydalangan holda barqaror agrosanoat tizimlarini joriy etish sohalarida faoliyat yuritadi.

Mazkur tashrif Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi delegatsiyaning Pokistonga amalga oshirgan xizmat safari davomida erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish maqsadida uyushtirildi.

Pokiston vakillari ikki davlat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Navoiy viloyati va tumanlar mutasaddilari bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Jumladan, safar doirasida Pokiston biznes vakillari Konimex tumani hokimi Ruslan Ro‘ziyev bilan muzokara o‘tkazdi.

Muloqot avvalida Pokiston tomoni Navoiy viloyati, xususan Karmana tumanida amalga oshirilayotgan yangilanishlar, investitsiya loyihalari bilan tanishtirildi.

Shundan so‘ng, tumanda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, chorvachilikni rivojlantirish va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish istiqbollarini muhokama qilindi. Cho‘l hududlaridan samarali foydalanish, suvni tejovchi innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish va eksportbop mahsulotlar yetishtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar investitsiya loyihalarini amaliy bosqichga olib chiqish, mahalliy qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga ilg‘or tajriba va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha aniq rejalarni belgilab oldi. Bundan tashqari, hamkorlik doirasida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish va kelgusidagi amaliy qadamlarni muvofiqlashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

“Samsons Farms” kompaniyasining O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, ayniqsa agrar sohada innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish va mamlakatimiz hududlari salohiyatidan samarali foydalanishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Pokistonning “Samsons Farms” kompaniyasi qishloq xo‘jaligini sanoat darajasida rivojlantirishga ixtisoslashgan bo‘lib, cho‘l hududlarini o‘zlashtirish, urug‘chilik, kasalliklardan xoli yuqori sifatli urug‘lar yetishtirish, chorvachilikni rivojlantirish, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va suvni tejovchi texnologiyalardan foydalangan holda barqaror agrosanoat tizimlarini joriy etish sohalarida faoliyat yuritadi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish