“Al Jarida” gazetasi: O‘zbekiston Kuvaytdan keladigan sayyohlar oqimini ikki barobarga oshirishni rejalashtirmoqda
Iyun 25, 2026. 09:00 • 2 daq
• 20
AL-KUVAYT, 25-iyun. /“Dunyo” AA/. Kuvaytning “Al Jarida” gazetasida V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi maslahatchisi va Milliy PR-markazi direktori Shahboz Saidxonov bilan o‘tkazilgan intervyu eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrga bergan intervyusida Shahboz Saidxonov O‘zbekiston mintaqaning eng jadal rivojlanayotgan sayyohlik yo‘nalishlaridan biriga aylanganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat Kuvayt sayyohlik tizimida o‘z o‘rnini mustahkamlash, hamkorlikni kengaytirish, tanishtiruv turlari sonini ko‘paytirish, turizm kompaniyalari va sarmoyadorlarini jalb etish ustida faol ish olib bormoqda.
Uning taʼkidlashicha, O‘zbekiston–Kuvayt munosabatlarining mustahkamlanayotgani sayyohlar oqimining oshishiga yordam bermoqda. Ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi sayyohlik, madaniy va iqtisodiy hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochib, alohida ahamiyat kasb etdi.
Shuningdek, Turizm qo‘mitasi vakili Milliy PR-markazi Kuvayt sayyohlik agentliklari, blogerlari va jurnalistlari uchun tanishtiruv safarlarini tashkil etayotgani, bu esa mamlakatning turizm salohiyatini yanada kengroq targ‘ib qilishga xizmat qilayotganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston sayyohlarga faqat tarixiy obidalarni taklif qilibgina qolmasligini ham qayd etdi. Yil davomida mamlakatda turli festivallar, madaniy tadbirlar va xalqaro konsertlar o‘tkaziladi. Bundan tashqari, sentyabr oyidan boshlab bir qator xalqaro kinokompaniyalar O‘zbekistonda filmlar suratga olishni boshlashni rejalashtirmoqda.
Kuvayt bozorida sayyohlik yo‘nalishini ilgari surish haqida gapirar ekan, Shahboz Saidxonov O‘zbekiston xalqaro ko‘rgazmalarda faol ishtirok etayotgani va yangi marketing dasturlarini amalga oshirayotganini aytdi. U, shuningdek, Kuvayt sayyohlik kompaniyalari va sarmoyadorlarini joriy yil 25–27-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasida ishtirok etishga taklif qildi. Tadbir doirasida ilk bor investitsiya forumi ham o‘tkaziladi.
Intervyuda keltirilgan maʼlumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston 2023-yilda 11 milliondan ortiq xorijiy sayyohni qabul qilgan. Joriy yilning dastlabki besh oyida esa mamlakatga 5,5 million sayyoh tashrif buyurgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27 foizga ko‘pdir.
Qayd etilishicha, mamlakat hukumati turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish, yangi turizm mahsulotlarini yaratish va xizmatlar sifatini oshirish borasidagi ishlarni davom ettirmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi