Germaniyadan munosabat: TXIF O‘zbekiston–Germaniya hamkorligi rivojiga yangi surʼat bag‘ishladi
Iyun 24, 2026. 20:00 • 2 daq
• 20
MYUNXEN, 24 iyun. /“Dunyo” AA/. Myunxen texnika universiteti va “Yangi O‘zbekiston” universiteti faxriy prezidenti Volfgang Anton Xerrmann “Dunyo” AAga bergan intervyusida Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning O‘zbekistonga tashrifi hamda V Toshkent xalqaro investitsiya forumi yakunlari yuzasidan fikr bildirdi:
– So‘nggi yillarda Toshkent xalqaro investitsiya forumi jahon va mintaqa iqtisodiyotining dolzarb masalalarini muhokama qilish, sarmoyalarni jalb etish hamda o‘zaro manfaatli loyihalarni ilgari surish uchun nufuzli xalqaro maydon sifatida o‘zini namoyon etdi.
Germaniya siyosiy va ishbilarmon doiralarida Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayerning O‘zbekistonga tashrifi, shuningdek, V Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF)ning o‘tkazilishi O‘zbekiston–Germaniya hamkorligini yana-da mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, sarmoyaviy muhitning yaxshilanishi, “yashil” energetika, sanoat kooperatsiyasi hamda transport-logistika o‘zaro bog‘liqligini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Forum tadbirlarida Germaniya Federal Prezidentining ishtirok etishi Berlinning O‘zbekiston bilan siyosiy muloqotni kengaytirish va savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirishdan manfaatdor ekanini tasdiqlaydi. Shuningdek, Germaniya ishbilarmon doiralari o‘zbekistonlik hamkorlar bilan sanoat, energetika, raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi, kadrlar tayyorlash va innovatsion texnologiyalarni joriy etish sohalarida hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildirmoqda.
Ishonchim komilki, oliy darajadagi muloqotlar va forum natijalari ko‘p qirrali O‘zbekiston–Germaniya sherikligini rivojlantirishga qo‘shimcha surʼat bag‘ishlaydi. Qo‘shma loyihalarni amalga oshirish esa mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni yana-da mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlarni ochadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi