“Il Giornale” gazetasi: O‘zbekiston Markaziy Osiyoning strategik investitsiya markazi sifatidagi maqomini mustahkamlamoqda

Iyun 16, 2026. 10:00 • 2 daq

57
“Il Giornale” gazetasi: O‘zbekiston Markaziy Osiyoning strategik investitsiya markazi sifatidagi maqomini mustahkamlamoqda

RIM, 16-iyun. /“Dunyo” AA/. Italiyaning “Il Giornale” gazetasida O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar va mamlakatning Markaziy Osiyodagi o‘rniga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Materialda yozilishicha, shu yilning 16–18-iyun kunlari beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining o‘tkazilishi O‘zbekistonning chekka bozordan xalqaro investorlar e’tibor markazidagi davlatlar qatoriga kirganidan dalolat beradi. Ushbu forum o‘sish va investitsiyalarni diversifikatsiya qilish uchun yangi imkoniyatlarga ega kapitalni jalb etishda muhim maydonga aylangan.

Materialda mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanayotgani aniq ko‘rsatkichlar bilan tasdiqlanishi qayd etilgan. Xususan, 2023-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 6 foizga o‘sgan, so‘nggi yillarda esa to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi o‘n barobardan ziyodga oshgan.

Shuningdek, nashrda O‘zbekistonning Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi transport yo‘llari chorrahasida joylashgan qulay geografik o‘rni uning mintaqadagi muhim logistika va savdo markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlangan.

“Bugungi kunda tobora ko‘proq xalqaro investorlar, jumladan, Italiya kompaniyalari uchun O‘zbekiston xatarli bozor emas, balki uzoq muddatli hamkorlik va sarmoya kiritish uchun strategik yo‘nalish sifatida ko‘rilmoqda”, – deya yakunlaydi “Il Giornale”.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish