Qirg‘iziston Prezidenti Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari TIV rahbarlari bilan uchrashdi
Iyul 24, 2026. 14:06 • 2 daq
• 40
TOSHKENT, 24-iyul. /“Dunyo” AA/. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamkasblari bilan birga Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov tomonidan qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Hamkasblarimiz bilan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Janobi Oliylari bilan uchrashishdan bag‘oyat mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining eng samimiy salomlarini yetkazdik.
Rahbarlarimiz o‘rtasida o‘rnatilgan birodarlik rishtalari har bir sohada yaqin hamkorlik qilish uchun eng mustahkam poydevor yaratmoqda.
Qirg‘izistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi davrida Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan Sammitni har tomonlama mazmunli o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni qayd etdik. O‘zbekistonning turli darajadagi vakillari SHHT tuzilmalarining barcha yig‘ilishlari, shuningdek, anjumanlar, forumlar va boshqa tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda”.
“Dunyo” AAolgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi