Cho‘lponota shahrida SHHTga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Iyul 24, 2026. 15:30 • 2 daq
• 111
TOSHKENT, 24-iyul. /“Dunyo” AA/. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Bugun Cho‘lponota shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Bo‘lajak SHHT sammitiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Tashkilot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, ko‘p tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish, iqtisodiy va transport-logistika aloqalarini kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlashga oid dolzarb masalalarni muhokama qildik.
Yig‘ilish yakunida qator hujjatlarni imzoladik.
Anjuman doirasida delegatsiyalar rahbarlari bilan birgalikda ramziy maʼnoga ega bo‘lgan kartinani yaratish marosimida ham qatnashdik. Ushbu tashabbus SHHT makonida o‘zaro ishonch, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik ruhini yana-da mustahkamlashga bo‘lgan umumiy intilishimizning ifodasi bo‘ldi.
Tadbirlarni yuksak darajada tashkil etgani va samimiy mehmondo‘stligi uchun Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev janoblari va barcha tashkilotchilarga chuqur minnatdorlik bildiramiz”.
“Dunyo” AAolgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi