Pokiston O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

Iyul 22, 2026. 15:30 • 2 daq

108
Pokiston O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi
“Dunyo” AAolgan surat

TOSHKENT, 22-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun mamlakatimizga tashrif buyurgan Pokistonning yangi elchisi Muhammad Mudassir Tipuni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Muhammad Mudassir Tipu janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Uchrashuvda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash hamda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish masalalarini batafsil muhokama qildik.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, Strategik hamkorlik kengashi doirasidagi mexanizmlarni faollashtirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish hamda hududlararo aloqalarni rivojlantirishni ustuvor vazifalar sifatida qayd etdik.

Elchi janoblariga mamlakatimizdagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tilab, o‘zaro munosabatlarni yangi mazmun bilan boyitish yo‘lida yaqin va samarali hamkorlik qilishga tayyor ekanimizni bildirdik”.

Eslatib o‘tamiz, Muhammad Mudassir Tipu 2023-2026-yillarda Pokistonning Toshkentdagi elchixonasiga rahbarlik qilgan elchi Ahmad Faruqning o‘rnini egalladi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish