O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash uchun saʼy-harakatlarni birgalikda safarbar etishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar

Iyul 23, 2026. 21:10 • 2 daq

105
O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash uchun saʼy-harakatlarni birgalikda safarbar etishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar

TOSHKENT, 23-iyul. /“Dunyo” AA/. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Bishkek shahrida XKP Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, tashqi ishlar vaziri Van I janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Muloqotimizda siyosat, savdo-iqtisodiy hamkorlik, investitsiyalar, yuqori texnologiyalar va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi hamkorligimizning keng ko‘lamli masalalarini muhokama qildik.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirilishiga, iqtisodiy diplomatiyamiz natijadorligini yanada oshirishga alohida eʼtibor qaratdik.

Shuningdek, BMT, Shanxay hamkorlik tashkiloti, “Markaziy Osiyo – Xitoy” mexanizmi va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashdik.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo‘lida zarur saʼy-harakatlarni birgalikda safarbar etishga tayyorligimizni tasdiqladik”.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish