AQSh Davlat departamenti davlat kotibining O‘zbekistonga tashrifini rasman e’lon qildi
Oktabr 14, 2026. 13:00 • 54 soniya
• 20
VAShINGTON, 14-oktabr. /“Dunyo” AA/. AQSh Davlat departamenti davlat kotibi Marko Rubio 17–22-oktabr kunlari O‘zbekiston va Hindistonga safari doirasida Samarqandga tashrif buyurishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlat kotibi Samarqandda AQShning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan strategik hamkorligini mustahkamlashga bag‘ishlangan “C5+1” formatidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etadi.
Shuningdek, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonning yuqori martabali vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Davlat departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, davlat kotibi safarida Amerika biznesining 200 nafardan ortiq vakillaridan iborat delegatsiya ham ishtirok etadi.
Qayd etilishicha, bo‘lajak tashrif AQShning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorligini kengaytirishga qaratilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi