I Xalqaro Islom sivilizatsiyasi forumi Turkiya axborot maydonida keng yoritildi
Iyul 13, 2026. 17:00 • 2 daq
• 105ANQARA, 13-iyul. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilgan I Xalqaro Islom sivilizatsiyasi forumi Turkiya ommaviy axborot vositalari diqqat markazida bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Xususan, “Anadolu”, “TRT-Haber”, “TRT-Avaz”, “Haber7”, “Hibya”, “RHA Ajans”, “Türkiye”, “Yeni Şafak” kabi yetakchi turk OAV mazkur anjuman haqida turkum tahliliy maqolalar eʼlon qildi.
Turk nashrlari global geosiyosiy inqirozlar, radikalizm va islomofobiya kabi tahdidlar kuchaygan hozirgi sharoitda Toshkentdan yangragan konstruktiv chaqiriqlar butun insoniyat uchun strategik sheriklik va Sharq bilan G‘arb o‘rtasidagi muloqot poydevori bo‘lib xizmat qilishini alohida eʼtirof etgan.
Maqolalarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning forum delegatlariga yo‘llagan murojaati anjumanning konseptual asosini belgilab bergani hamda Yangi O‘zbekiston g‘oyasi doirasidagi “Uchinchi Renessans” va “Jaholatga qarshi maʼrifat” tamoyillarini yuksak baholagan.
Sammit doirasida noyob qo‘lyozmalarni raqamlashtirish va Islom kutubxonalarining xalqaro ittifoqini tuzish kabi 70 dan ortiq aniq amaliy loyihalar ko‘rib chiqildi.
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning anjumanga yo‘llagan murojaatiga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Turkiya yetakchisi o‘z murojaatida ushbu tashabbus nafaqat O‘zbekiston, balki butun islom olami uchun ulkan ahamiyatga ega ekanini taʼkidlagan.
“Muhtaram Prezident janoblari, Sizning oqilona rahbarligingizda O‘zbekiston nafaqat o‘zining buyuk kelajagini barpo etmoqda, balki Islom tamaddunining tinchlik, ezgulik va birodarlik g‘oyalarini dunyoga baralla tarannum etuvchi tarixiy missiyaning peshqadami va bayroqdori bo‘lib maydonga chiqmoqda”, – deya eʼtirof etgan Turkiya Prezidenti.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


