Misr OAV: O‘zbekiston va Belarus hamkorligi rivojlanishi ikki davlatning uzoq muddatli manfaatlari asosida davom etmoqda

Iyul 13, 2026. 12:00 • 2 daq

145
Misr OAV: O‘zbekiston va Belarus hamkorligi rivojlanishi ikki davlatning uzoq muddatli manfaatlari asosida davom etmoqda
Misr OAV: O‘zbekiston va Belarus hamkorligi rivojlanishi ikki davlatning uzoq muddatli manfaatlari asosida davom etmoqda

QOHIRA, 13-iyul. /“Dunyo” AA/. Misrning ommabop “Al-Diplomasy” nashrida O‘zbekiston Prezidentining Belarusga amalga oshirgan tashrifi hamda ikki davlat o‘rtasidagi sheriklik aloqalariga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada ingliz va arab tillarida yozilishicha, O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda o‘zaro ishonch, hurmat va amaliy manfaatlar asosida jadal rivojlanib, ko‘p qirrali hamkorlikning yangi bosqichiga ko‘tarilmoqda. 2026-yil 8–9-iyul kunlari O‘zbekiston Prezidentining Belarusga amalga oshirgan rasmiy tashrifi ikki tomonlama aloqalarni yana-da mustahkamlash, yangi istiqbolli yo‘nalishlarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.

O‘zbekiston–Belarus diplomatik munosabatlari 1993-yilda o‘rnatilgan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida siyosiy, iqtisodiy, gumanitar va madaniy sohalarda samarali hamkorlik tizimi shakllandi. Bugungi kunda ikki davlat o‘rtasida savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, transport, taʼlim, fan, madaniyat va boshqa sohalarni qamrab olgan 126 ta ikki tomonlama hujjat amal qilmoqda.

Oliy va yuqori darajadagi muntazam muloqot O‘zbekiston–Belarus munosabatlarining asosiy tayanchlaridan biri hisoblanadi. Davlat rahbarlarining o‘zaro tashriflari, hukumatlararo muzokaralar va parlamentlararo aloqalar ikki tomonlama sheriklikni yana-da rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Nashrda qayd etilishicha, iqtisodiy hamkorlik ikki mamlakat munosabatlarining eng muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. So‘nggi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi sezilarli o‘sib, 2017-yildagi 181,7 million dollardan 2025-yilda 965 million dollarga yetdi. 2026-yil yanvar–aprel oylarida esa ikki tomonlama savdo hajmi 340,4 million dollarni tashkil etib, ijobiy o‘sish surʼatlari saqlanib qoldi.

O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi savdo aloqalari keng qamrovli bo‘lib, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati, kimyo mahsulotlari, transport vositalari, qayta ishlash sanoati va xizmatlar sohalarini qamrab oladi. Tomonlar o‘zaro savdo hajmini yana-da oshirish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga intilib kelmoqda.

Investitsiyaviy hamkorlik ham barqaror rivojlanmoqda. Hozirgi kunda O‘zbekistonda Belarus kapitali ishtirokida 244 ta korxona faoliyat yuritmoqda, Belarusda esa O‘zbekiston biznesi ishtirokida 229 ta kompaniya ish olib bormoqda. 2025-yilda Belarusning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalari hajmi 104,4 million dollarni tashkil etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish