“Avesta” AA: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi hamkorlik strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilmoqda

Iyul 30, 2026. 19:04 • 2 daq

7
“Avesta” AA: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi hamkorlik strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilmoqda

DUSHANBE, 30-iyul. /“Dunyo” AA/. Tojikistonning “Avesta” axborot agentligida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ekologik hamkorlikning yangi bosqichi va istiqbollariga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda taʼkidlanganidek, Markaziy Osiyodagi iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining qisqarishi va transchegaraviy ekologik tahdidlar mintaqa davlatlaridan yanada yaqin hamkorlikni talab etmoqda. Ushbu kontekstda ikki mamlakatning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi aloqalari izchil rivojlanib, sifat jihatidan yangi bosqichga chiqmoqda.

Materialda yozilishicha, qirg‘izistonlik yoshlar uchun O‘zbekistondagi “Green University”da alohida grant o‘rinlarini ajratish bo‘yicha tegishli memorandum imzolangan. Shu bilan birga, qo‘shma tadbirlar o‘tkazilayotgani, G‘arbiy Tyan-Shan va Pomir-Olay bioxilma-xilligini saqlash bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy loyihalardagi o‘zaro munosabatlar hamkorlikni faollashtirishda muhim qadam bo‘ldi.

“Toshkent va Bishkekning iqlim o‘zgarishi, suv xavfsizligi, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish va ilmiy innovatsiyalar sohasidagi qo‘shma tashabbuslari butun Markaziy Osiyoning ekologik barqarorligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega”, – deya xulosa qilingan nashrda.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish