O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar
Iyul 30, 2026. 16:02 • 2 daq
• 245
TOSHKENT, 30-iyul. /“Dunyo” AA/. Oliy darajadagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bugun Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, shuningdek, davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘ldi. Shu jumladan:
– O‘zbekiston – Qirg‘iziston davlat chegarasining uchastkalari to‘g‘risida shartnoma;
– “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanish to‘g‘risida bitim;
– Davlat ijtimoiy sug‘urtasi va pensiya taʼminoti to‘g‘risida bitim;
– Oliy taʼlim sohasidagi kreditlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risida bitim;
– Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida bayonnoma;
– Fuqarolarning o‘zaro kelib-ketishlari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga bayonnoma;
– Qirg‘iz Respublikasining Issiqko‘l viloyati hududida joylashgan kurort-rekreatsiya xo‘jaligi obyektlari to‘g‘risidagi bitimga bayonnoma;
– 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan madaniyat sohasidagi tadbirlar rejasi;
– 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan turizm sohasidagi qo‘shma harakatlar rejasi;
– Qirg‘iz Respublikasi Issiqko‘l viloyati Ton tumanida joylashgan “Bo‘ston” pansionati to‘g‘risida shartnoma;
– 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan agrosanoat majmuasi sohasidagi amaliy chora-tadbirlar rejasi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi