“Infora News”: Samarqanddagi konferensiya birodar shaharlar o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamladi
Iyul 29, 2026. 18:00 • 2 daq
• 144
ISLOMOBOD, 29-iyul. /“Dunyo” AA/. Pokistonning “Infora News” nashrida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Birodar shaharlar – barqaror rivojlanish va xalq diplomatiyasining yangi modeli” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maqolada yozilishicha, Samarqandda bo‘lib o‘tgan konferensiya davomida mutaxassislar birodar shaharlar o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish, xalq diplomatiyasi mexanizmlarini kuchaytirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tgan. Ular bu borada o‘z taklif va tashabbuslarini bildirib, o‘zaro fikr-mulohaza almashgan.
Ushbu tadbirda 20 ga yaqin xorijiy mamlakatdan mutaxassislar, O‘zbekistondagi xorijiy davlatlar elchixonalari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari, oliy taʼlim muassasalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada shaharlar o‘rtasida xalq diplomatiyasi asosida do‘stlik, hamjihatlik va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi. Tadbir doirasida madaniyat, taʼlim, turizm, iqtisodiyot, ekologiya va innovatsiyalar sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, tajriba almashish hamda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
“Samarqand shahrida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya shaharlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xalq diplomatiyasi imkoniyatlarini kengaytirish hamda xalqaro tajriba almashinuvini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi”, deyilgan “Infora News” maqolasida.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi