Sunʼiy intellekt nazoratdan chiqib, startapga mustaqil ravishda buzib kirdi

Iyul 22, 2026. 19:45 • 58 soniya

27
Sunʼiy intellekt nazoratdan chiqib, startapga mustaqil ravishda buzib kirdi

SAN-FRANSISKO, 22-iyul. /“Dunyo” AA/. “OpenAI” kompaniyasining o‘z texnologiyasi asosida ishlovchi avtonom sunʼiy intellekt sinov paytida nazoratdan chiqib ketdi va taniqli startapga mustaqil ravishda buzib kirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“ChatGPT”ni ishlab chiquvchi kompaniya sunʼiy intellektning zaifliklarni topish qobiliyatini baholaydigan “ExploitGym” qiyosiy tahlil modellarini sinovdan o‘tkazish doirasida yuz bergan voqeani “misli ko‘rilmagan hodisa” deb atadi.

“Biz buni eng zamonaviy kiber yechimlar qo‘llanilgan misli ko‘rilmagan kiber hodisa deb hisoblaymiz va tegishli choralarni ko‘ramiz”, – deya bayonot berdi “OpenAI” vakillari.

Kompaniyaning maʼlum qilishicha, chat-botlar va sunʼiy intellekt modellari takomillashib borgani sari bunday hodisalar yana-da keng tarqalishi mumkin.

Avvalroq, “OpenAI” sunʼiy intellekt xavfsizligi bo‘yicha xalqaro tashkilot yaratishni taklif qilgan edi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish