Xorijlik diplomatlar Jizzaxdagi yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi

Noyabr 07, 2026. 12:00 • 3 daq

• 2
Xorijlik diplomatlar Jizzaxdagi yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi
Xorijlik diplomatlar Jizzaxdagi yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi
Xorijlik diplomatlar Jizzaxdagi yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi
Xorijlik diplomatlar Jizzaxdagi yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi
Xorijlik diplomatlar Jizzaxdagi yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi

JIZZAX, 7-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari Jizzax viloyatidagi yirik sanoat va investitsiya loyihalari bilan yaqindan tanishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimiz iqtisodiy diplomatiyasini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvlarda mehmonlar viloyatdagi yirik ishlab chiqarish kompaniyalari faoliyati bilan bevosita tanishib, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha fikr almashdi.

Diplomatlar “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasidagi “BYD UZBEKISTAN FACTORY” MCHJ QKga tashrifi davomida “BYD” avtomobillarining ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu zavodda yiliga 50 ming dona elektromobil ishlab chiqariladi. Hozirda bu yerda 1200 nafardan ortiq kishi mehnat qilmoqda.

Xitoy Elchihonasi maslahatchisi Van Emenning ta’kidlashicha, xitoylik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur kompaniya nafaqat O‘zbekistonda, balki boshqa mamlakatlarda ham zamonaviy avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xorijlik diplomatlar “BMB-NRC AGROLOGISTICS” MCHJ QK faoliyati bilan ham yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Sharof Rashidov tumanida 40 gektar maydonda tashkil etilgan ushbu agrologistika majmuasi 267 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash quvvatiga ega.

Belarus elchisi Aleksandr Ogorodnikov qayd etishicha, O‘zbekiston va Belarus Prezidentlari Shavkat Mirziyoyev hamda Aleksandr Lukashenko o‘rtasidagi hamkorlik samarasi o‘laroq, ikki davlat o‘rtasida manfaatli sheriklik loyihalari izchil amalga oshirilmoqda. Bu borada, ayniqsa, dehqonchilik va chorvachilik sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Viloyatdagi yengil avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik sanoat korxonasi — “ADM JIZZAKH” MCHJdagi ekskursiya ham mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

MCHJ vakillarining qayd etishicha, 74 mln dollarlik loyiha asosida korxona faoliyat yuritmoqda. Hozirda mazkur korxonada “Kia”, “Chery”, “Haval” markali avtomobil ishlab chiqarilib, bu viloyat yalpi hududiy mahsulotining 36 foizini tashkil etmoqda.

Shu bilan birga, mehmonlar qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Master Bilding Products” MCHJ faoliyati bilan ham tanishdi. Ushbu korxonada ayni paytda 78 turdagi samarezlar, 10 xil tafting, 3 xil polipropilen iplar ishlab chiqarilmoqda. Korxona tomonidan 2025-yilda 70 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 1,4 mln dollarlik eksport amalga oshirilgan.

“Ushbu tashrif davomida nafaqat Jizzax shahridagi yirik korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishish, balki mahalliy tadbirkorlar bilan qo‘shma loyihalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldik. Qolaversa, boshqa davlatlar diplomatik idoralaridagi hamkasblarimiz bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdik”, — deydi Slovakiya elchisi Viktor Boretski.

Xorijlik diplomatlar viloyatdagi “IRUSKON” MCHJda ham bo‘lib, bu yerda qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

“IRUSKON” MCHJ mas’ullarining ta’kidlashicha, ushbu korxonada 15 mln dollarlik investitsiya loyihasi asosida yiliga 12 ming tonna, 100 turdagi qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvati yaratilgan. Korxonada 350 ta ish o‘rni tashkil etilgan bo‘lib, mahsulotlar eksporti 2 mln dollarni tashkil etadi.

Bugun xorijlik diplomatlar Jizzax viloyatining Arnasoy tumanidagi sanoat va investitsiya loyihalari bilan yaqindan tanishadi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish