O‘zbekiston va Qozog‘iston “uzluksiz tranzit” mexanizmini joriy etish bo‘yicha Ishchi guruh tuzadi
Sentabr 16, 2026. 13:00 • 2 daq
• 133
TOSHKENT, 16-sentabr. / “Dunyo” AA/. Samarqandda xalqaro avtomobil tashuvlari bo‘yicha O‘zbekiston–Qozog‘iston Qo‘shma komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov va Qozog‘iston transport vaziri o‘rinbosari Maqsat Qaliaqparov rahbarligida o‘tgan majlisda ikki mamlakat o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlarini yanada rivojlantirish, yuk va yo‘lovchi tashish hajmini oshirish, ruxsatnomalar tizimini takomillashtirish hamda tranzit salohiyatini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Transport vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, tomonlar xalqaro avtomobil tashuvlari sohasida tegishli tartib-taomillarni soddalashtirish va raqamlashtirish, maʼmuriy to‘siqlarni qisqartirish hamda bosqichma-bosqich elektron hujjat aylanishiga o‘tishni ko‘zda tutuvchi “uzluksiz tranzit” mexanizmini joriy etish bo‘yicha ikki tomonlama Ishchi guruh tuzishga kelishib oldilar.
Shuningdek, avtomobil transportida muntazam bo‘lmagan xalqaro yo‘lovchi tashuvlarini amalga oshirishda 2027-yildan boshlab elektron ruxsatnoma blanklari tizimini joriy etish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.
Uchrashuv davomida avtotransport infratuzilmasini rivojlantirish va transport nazorati samaradorligini oshirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar transport-logistika sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar va erishilgan kelishuvlarni amalda ro‘yobga chiqarishni taʼminlashga kelishib oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi