Logo

“Kiyv Diplomatic”: 2030 yilda O‘zbekistonga turistlar oqimi 20 million kishiga yetkaziladi  

Dekabr 04, 2025. 13:06 • 2 daq

214
“Kiyv Diplomatic”: 2030 yilda O‘zbekistonga turistlar oqimi 20 million kishiga yetkaziladi   

KIYEV, 4-dekabr. /“Dunyo” AA/. Ukrainaning nufuzli “Kiyv Diplomatic” nashrida O‘zbekiston turizm sohasiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri

“O‘zbekistonda 2030-yilga kelib xorijiy sayyohlar oqimini 10 milliondan 20 million kishiga yetkazish, sayyohlik xizmatlari eksportini 6 milliard dollarga oshirish hamda taklif etilayotgan marshrut va xizmatlar turlarini sezilarli darajada kengaytirish rejalashtirilgan. Shaharlarda yangi zamonaviy mehmonxonalar, jumladan, xalqaro brendlar paydo bo‘ladi, sayyohlik markazlari o‘rtasidagi transport aloqasi sezilarli darajada yaxshilanadi”, – deya qayd etilgan maqolada.

Nashrda taʼkidlanishicha, Samarqandda madaniy obyektlarni yagona konsepsiyaga birlashtiruvchi yangi tarixiy marshrut – “Samarqand merosi marshruti” yaratiladi. Xivadagi Ichan-Qalʼa majmuasi raqamli navigatsiya, interaktiv joylashuvlar va texnologik xizmatlarga ega bo‘lgan dunyodagi birinchi immersiv “aqlli” shahar-muzeyga aylantiriladi.

2030-yilga kelib Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivada jahon brendlari joylashgan xalqaro autlet-markazlar paydo bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan shunga o‘xshash markazlar boshqa sayyohlik hududlarida ham ochiladi.

“2026-yildan xorijiy mehmonlar qo‘shimcha qiymat solig‘ini naqd pulda qaytarib olishi mumkin bo‘ladi, bu sayohatlarni yana-da foydali qiladi. Bundan tashqari, davlat xalqaro konferensiyalar, ko‘rgazmalar va festivallarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi. Tashkilotchilarga xarajatlarning bir qismi qoplab beriladi, bu mamlakatni yana-da ko‘proq yirik tadbirlarni o‘tkazish uchun jozibador ko‘rsatadi”, – deb yozgan muallif.

Shuningdek, nashrda keltirilishicha, islohotlarning alohida bir bo‘limi sayohat sifatini va qulayligini oshirishga qaratilgan.

2026-yil yoziga qadar Yagona milliy turizm platformasi ishga tushiriladi. Xorijiy mehmonlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, elektron SIM-karta, transport chiptalarini xarid qilish, mehmonxonalarni bron qilish, “yagona chipta” tizimi va raqamli sayyohlik yo‘riqnomasi yagona sayti va ilovasi mavjud bo‘ladi.

“Dasturda inson resurslarini rivojlantirish va xizmatlar sifatini oshirish ham ko‘zda tutilgan. Jumladan, Samarqandda Xalqaro turizm akademiyasi kengaytirilmoqda, uning asosida gidlar, mehmonxona menejerlari, sayyohlik marshrutlari, operatorlari va raqamli xizmatlar mutaxassislari uchun yangi kurslar ochiladi”, – deya xulosalangan maqolada.

 

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish