Kolin Dyurkop: O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik, tinchlik va hamkorlikni taʼminlashda muhim tayanch davlatdir

Avgust 19, 2026. 08:10 • 2 daq

84
Kolin Dyurkop: O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik, tinchlik va hamkorlikni taʼminlashda muhim tayanch davlatdir

FRANKFURT-MAYN, 19-avgust. /“Dunyo” AA/.Germaniya–O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati prezidenti Kolin Dyurkop mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Dunyo” AA orqali yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yo‘lladi.

– Butun o‘zbek xalqini “Germaniya–O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati vakillari nomidan O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman. Mustaqillik bayramingiz muborak bo‘lsin.

1991-yil 1-sentyabrdan boshlab O‘zbekistonda ulkan o‘zgarishlar, iqtisodiy yuksalish va ijtimoiy taraqqiyotning yangi davri boshlandi. O‘tgan yillar davomida mamlakat o‘z taraqqiyot yo‘lini izchil davom ettirib, turli sohalarda salmoqli natijalarga erishdi.

Islohotlar, modernizatsiya va tashqi dunyoga ochilish natijasida O‘zbekiston bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik, tinchlik va hamkorlikni taʼminlashda muhim tayanch davlat sifatida, xalqaro maydonda ham mustahkam o‘rin egallab bormoqda.

Taraqqiyot jarayonida Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalar ham izchil kengayib, yangi mazmun bilan boyib bormoqda. Germaniya–O‘zbekiston do‘stlik jamiyati 30 yildan ortiq vaqt davomida o‘zining ko‘p qirrali faoliyati orqali ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash, madaniy-gumanitar almashinuvlarni rivojlantirish hamda hamkorlik aloqalarini qo‘llab-quvvatlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Ishonamizki, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlar kelgusida ham yana-da rivojlanib, yangi qo‘shma tashabbus va loyihalar bilan boyib boradi.

O‘zbekiston diyorida hamisha tinchlik, osoyishtalik va farovonlik hukm sursin. Mehmondo‘st va olijanob o‘zbek xalqiga baxt, salomatlik va omad tilaymiz.

Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona hamkorlik, o‘zaro ishonch va yaqin aloqalar yanada kengayib, xalqlarimiz manfaati yo‘lida mustahkamlanib boraversin.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish