Lo Fen: Yangi O‘zbekistonda so‘nggi 10 yilda amalga oshirilgan islohotlar yaqqol ijobiy natija bermoqda
Avgust 18, 2026. 10:34 • 2 daq
• 98
GUANCHJOU, 18-avgust. / “Dunyo” AA/. Xitoyning “Hunan Bosen Group” kompaniyasi bosh direktori Lo Fen mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Dunyo” AA orqali yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yo‘lladi:
– O‘zbekiston xalqini Mustaqillikning 35 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Mamlakat taraqqiyot yo‘lidan borib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning barqaror surʼatlarini namoyon etmoqda, tashqi dunyoga ochiqlik ko‘lamini doimiy ravishda kengaytirmoqda.
Avvalroq kompaniyamiz mutaxassislari O‘zbekistonga tashrif buyurib, mamlakat hayotining barcha jabhalaridagi keng ko‘lamli islohotlar surʼatini bevosita kuzatgan edi.
Kelgusida O‘zbekistonda qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, Xitoyning yuqori sifatli mahsulotlarining keng integratsiyalashuviga ko‘maklashish, sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish va o‘zaro manfaatli hamkorlikka erishishni rejalashtirmoqdamiz.
Yangi O‘zbekistonda so‘nggi 10 yilda amalga oshirilgan islohotlar yaqqol ijobiy natija bermoqda. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarining mutanosib rivojlanishi taʼminlanib, xalq farovonligi doimiy ravishda yuksalib bormoqda.
O‘zbekistonlik sheriklar bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish, taraqqiyot istiqbollaridan birgalikda foydalanishni va umumiy farovon kelajakni birga yaratishni intiqlik bilan kutamiz.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi