O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy diplomatlar Buxoro viloyatining iqtisodiy, investitsiyaviy va turistik salohiyati bilan tanishmoqda

Iyun 06, 2026. 11:07 • 2 daq

9

BUXORO, 6-iyun. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillaridan iborat delegatsiyaning Buxoro shahriga tashrifi davom etmoqda, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri voqea joyidan.

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan uyushtirilgan ikki kunlik tashrifning birinchi kunida mehmonlar Buxoroning tarixiy va boqiy qadamjolarini ziyorat qilgan edilar.

Safarning ikkinchi kuni Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov bilan uchrashuvdan boshlandi. Tadbir davomida mutasaddi idora va tashkilotlar vakillari viloyatning iqtisodiy, sarmoyaviy hamda turizm salohiyati, shuningdek, turli sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Shuningdek, bugungi dastur doirasida xorijiy mehmonlarning viloyatdagi bir qator zamonaviy sanoat korxonalariga tashrifi va ularning ishlab chiqarish faoliyati, investitsiyaviy loyihalari hamda eksport salohiyati bilan tanishishi kutilmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish