O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga amaliy tashrif yakunlandi

Iyun 06, 2026. 08:31 • 51 soniya

68
O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga amaliy tashrif yakunlandi

TOSHKENT, 6-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi yakuniga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Sankt-Peterburgdagi tadbirlar doirasida 4-iyun kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Yetakchilar O‘zbekistondagi birinchi integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi qurilishini boshlash marosimida ishtirok etdilar.

Prezidentimiz 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining tadbirlarida qatnashib, yalpi yig‘ilishda nutq so‘zladi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, Prezidentimiz Toshkent shahriga jo‘nab ketdi. “Pulkovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Rossiya Hukumati Raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish