O‘zbekiston yetakchisi AQSh Prezidentining maxsus vakilini qabul qildi
Avgust 31, 2026. 18:40 • 2 daq
• 4
TOSHKENT, 31-avgust. /“Dunyo” AA/. Bishkek shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gorni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv avvalida Serjio Gor O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrikladi hamda O‘zbekiston yetakchisiga AQSh Prezidenti Donald Trampning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston–AQSh strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash va oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Siyosiy muloqot, parlamentlararo va hududlararo aloqalarning ijobiy surʼati hamda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning izchil kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Ustuvor yo‘nalishlarda, jumladan, energetika, transport, muhim minerallar, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt, qishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘shma loyiha va tashabbuslarni ilgari surishni davom etish muhimligi taʼkidlandi.
“S5+1” formati doirasida bo‘lajak tadbirlarga hamda O‘zbekiston-Amerika ishbilarmonlik va investitsiya kengashining navbatdagi yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rishga alohida eʼtibor qaratildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi