Toshkent va Samarqandda bo‘lib o‘tgan xalqaro mediaforum Germaniya OAV nigohida
Avgust 31, 2026. 18:05 • 2 daq
•
BERLIN, 31-avgust. /“Dunyo” AA/. Germaniyaning “HauptstadtEcho” onlayn nashrida Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh, yangi kashfiyotlar” mavzusidagi xalqaro mediaforum o‘tkazilgani o‘z haqida xabar eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nemis jurnalisti Folker Neyefning yozishicha, xalqaro anjuman jahonning turli mintaqalaridan kelgan jurnalistlar, olimlar va ekspertlarni bir maydonga jamladi. Forumning markaziy mavzusi Islom sivilizatsiyasining ulkan ilmiy, maʼrifiy va madaniy merosini zamonaviy media vositalari orqali xalqaro jamoatchilikka yangicha talqinda yetkazishga qaratilgan.
Taʼkidlanishicha, anjumanning muhim yo‘nalishlaridan biri ushbu zaminda yashab ijod qilgan buyuk allomalarning jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini zamonaviy axborot texnologiyalari orqali keng targ‘ib etishdan iboratdir.
Shuningdek, forum doirasida Islom sivilizatsiyasining boy ilmiy va madaniy merosini zamonaviy media, raqamli platformalar hamda sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda xalqaro jamoatchilikka yetkazish masalalari muhokama qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi